Eshitdik-da! O'zbekiston U-23 terma jamoasi mart oyida Misr va AQSHga qarshi o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
1 fev 2024
O'zbekiston U-23 terma jamoasini oldinda muhim musobaqalar kutmoqda.

Timur Kapadze shogirdlari Parijdagi olimpiya o'yinlariga yo'llanma beradigan Osiyo Kubogida ishtirok etadi. 15 apreldan 3 maygacha davom etadigan musobaqaga Qatar mezbonlik qiladi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi qita turniriga tayyorgarlik doirasida mart oyida Ispaniyada yig'in olib boradi. Ushbu yig'in doirasida vakillarimiz AQSH va Misr U-23 terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 

Ma'lumot uchun, Misr va AQSH U-23 terma jamoalari Parijdagi olimpiadaga yo'llanma olgan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia