Eshitdik-da! O'zbekiston U-23 Fransiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini xarajatlarsiz o'tkazadi

Абдулвосит Бектемиров
28 may 2025
Xabaringiz bor, O'zbekiston U-23 terma jamoasi iyun oyidagi FIFA kunlarida Fransiya olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi.

Uchrashuv 4 iyun kuni "Orleans" stadionida bo'lib o'tadi. 

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya futbol federatsiyasi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining barcha xarajatlarini o'z zimmasiga oladi. Tomonlar kelishuviga ko'ra, aviachiptalar, mehmonxona va barcha yashash sarf-xarajatlari mezbonlar tomonidan qoplanadi. 

Shunday qilib, Ravshan Haydarov jamoasi Fransiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun hech qanday ortiqcha to'lov qilmaydi.



O'zbekiston U-23 terma jamoasi Fransiya bilan ro'baro' keladi!

Fransiyaga qarshi bahsda ishtirok etadigan O'zbekiston U-23 terma jamoasi qaydnomasi ma'lum


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia