Eshitdik-da! O'zbekiston U-17 terma jamoasi Turkiyada yig'in o'tkazadi va Marokash bilan o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
1 sen 2023
Shu yilning 10 noyabr - 2 dekabr kunlari Indoneziyada U-17 Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston U-17 terma jamoasi ham ishtirok etadi.

"Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra, Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi jamoamiz 3 sentyabr kuni yig'in o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketadi. U erda Marokash U-17 terma jamoasi bilan 2ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish mo'ljallangan.


Eslatib o'tamiz, U-17 Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi 15 sentyabr kuni soat 19:00 da Cyurix shahrida bo'lib o'tadi.

Kichik mundialda 24 ta jamoa 6 ta guruhga ajratiladi. 1 va 2-o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, 3-o'rinni egallagan eng yaxshi 4 ta jamoa 1/8 finalga chiqadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia