

Ushbu uchrashuvni kuzatish uchun Qashqadaryo viloyatidagi stadionga qo'shni Surxondaryodan mehmon jamoani qo'llab-quvvatlash uchun 5 mingdan ziyod futbol muxlislari tashrif buyurishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Qarshi" markaziy stadionidagi bahs 18:15da start oladi. Ayni damda "Nasaf" va "Surxon" jamoalari turnir jadvalida bir xil 7tadan ochko to'plagan holda 5 va 6-o'rinlarni egallab turibdi.



