

Bugun "burgutlar" safiga "Lokomotiv" himoyachisi Dilshod Komilov kelib qo'shiladi. 1999 yilda tug'ilgan futbolchi "temiryo'lchilar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020 yilda katta futbolda debyut qilgan Dilshod Komilov shu vaqtgacha Superligada 42ta uchrashuvda maydonga tushgan. O'tgan mavsum murabbiylar shtabi unga 15ta bahsda imkoniyat berishdi.
Klub bilan shartnomasi 2022 yilning 31 dekabr sanasiga yakunlangan. U erkin agent maqomida "Andijon"ga o'tadi.



