Eshitdik-da: JCH saralash uchinchi bosqich o'yinlari martgacha qoldiriladi

Xayrulla Xoliqov
3 iyul 2021
Xabaringiz bor, 1 iyul kuni Osiyo mintaqasida jahon chempionati saralash uchinchi raund bahslariga qur'a tashlandi.

Qur'a natijalalariga ko'ra, 12 jamoa oltitadan ikki guruhga bo'lindi.

"A" guruhi: Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq, Suriya, Livan.

"B" guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Ummon, Vetnam. 

Taqvimga ko'ra, saralash o'yinlari shu yilning 2 sentyabrida start olib, 29 martgacha davom etishi kerak. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab OFK uy-mehmon tizimida barcha uchrashuvlarni o'tkaza olmasligi mumkin. 

Shu bois bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, saralash bahslari sentyabr oyida boshlanmaydi va martgacha qoldiriladi. Agar shunday bo'lgan taqdirda ikkita guruh o'yinlari ikkita betaraf mamlakatda o'tkaziladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia