Eshitdik-da! Ivan Boshkovich "Bunyodkor" o'rinbosarlari ustoziga aylandi

Sherzod Nurmatov
5 iyul 2022
So'nggi yillarda "Bunyodkor" tizimida ishlab kelayotgan Ivan Boshkovich "Bunyodkor" U-21 bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, chernogoriyalik mutaxassis endilikda "Bunyodkor" U-21 jamoasiga ustozlik qiladi.

Bungacha jamoani Abduhamid Qodirov boshqarib kelayotgandi. Jamoa o'tgan mavsum uning qo'l ostida U-21 chempionatida 4-o'rinni band etgandi. 

Qayd etish joiz, 17 iyulga qadar Toshkentda shug'ullanadigan "Bunyodkor" o'rinbosarlari 18 iyul kuni Xorvatiyaga yo'l olishadi. Yevropadagi yig'in 30 iyulga qadar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Boshkovich 2011-2012 yillarda Qarshining "Nasaf" jamoasidagi yorqin o'yinlari bilan ishqibozlar ko'nglidan joy olgan. U "ajdarlar" tarkibida 51 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia