Eshitdik-da! Chernogoriyalik hujumkor yarim himoyachi "Bunyodkor" safini to'ldirdi

Sherzod Nurmatov
7 yanv 2023
Toshkentning "Bunyodkor" klubi hujumkor yarim himoyachi va o'ng qanot vingeri Igor Ivanovichni tarkibga jalb qildi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Ivanovich "Bunyodkor" bilan kelishuvga erishgan va u mavsum so'ngiga qadar "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qiladi.

30 yoshli futbolchi faoliyati davomida Chernogoriya, Serbiya, Ozarbayjon jamoalarida to'p tepgan. Chernogoriya termasi safida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Tajribali o'yinchi o'tgan mavsumni Chernogoriyaning "Dechich" klubi safida o'tkazgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia