

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston futbolchilar uyushmasi O'FA Tartib intizom qo'mitasiga bu borada ariza bilan chiqqan va shu kunlarda Tartib intizom qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda "Buxoro" klubi masalasi ham ko'rib chiqiladi.
"Buxoro" 2020 yilgi mavsumda o'z safida o'ynagan futbolchilar oldida qarzdorlikni hamon yopmagan. Katta ehtimol bilan qo'mita "Buxoro"ga nisbatan jiddiy chora ko'radi. Moliyaviy jarimalardan tashqari klub yangi mavsumni minus ochkolar bilan boshlashi ham mumkin.
Eshitdik-da! "Buxoro" klubining futbolchilardan jami 1 milliard so'mdan ko'proq qarzi bor



