

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, Birinchi ligani yana bir klub tark etishi mumkin. Moliyaviy muammolar tufayli Toshkentning "Lochin" klubi ham o'z faoliyatini to'xtatishi kutilmoqda.
21 may kuni "Lochin" klubi o'z maydonida "Andijon II" klubini qabul qilishi kerak edi. Ammo mezbonlar o'yinga tayyor bo'lmaganligi sababli "Lochin"ga texnik mag'lubiyat yozildi. PFL ushbu holat bo'yicha keyinroq batafsil ma'lumot berilishini e'lon qilgandi.
Eslatib o'tamiz, "Lochin" klubi 7ta o'yinda 1ta durang va 6ta mag'lubiyat qayd etgan holda musobaqa jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.




