Eshitdik-da! Avstraliyalik Tomislav Mrchela "Neftchi"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2023
Avstraliyalik himoyachi faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishga yaqin.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Tomislav Mrchela Farg'onaning "Neftchi" klubiga o'tishga yaqin. 1990 yilda tug'ilgan markaziy himoyachi faoliyati davomida "Imotski", "RNK Split", "Mosor", "Dragovolyac", "Lokomotiva" (barchasi Xorvatiya), "Chonnam Dragons" (Koreya Respublikasi), "Pert Glori" (Avstraliya), "Bengaluru" va "Ist Bengal" (ikkalasi Hindiston) klublarda o'ynagan. Mrchela 2022 yil fevral oyidan buyon Avstraliyaning "Vestern Sidney" klubida o'ynab kelayotgan edi.

Transfermarkt portali ayni paytda Tomislav Mrchelani 400 ming evroga baholamoqda.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia