Eshitdik-da! Alisher Odilov legionerga aylanish arafasida, yo'nalish BAAdan Yevropa tomonga qarab o'zgardi

Tolibjon Qosimov
21 avg 2024
Xabaringiz bor, "Olimpik" jamoasi hujumchisi Alisher Odilov legionerga aylanish arafasida edi.

Shu kunlarda u "Olimpik" bilan mashg'ulotlarda ishtirok etib turgan edi. Futbolchining vakillari Hojimat Erkinov to'p tepadigan BAAning "Al Vahda" klubi bilan faol tarzda muzokaralar olib borishayotgandi. Ammo, oxirgi pallada vaziyat umuman boshqa tarafga o'zgarib ketdi.

"Championat.asia" sayti futbolchining o'zi bilan bog'landi. Demak, Odilov bir necha soatdan so'ng Rossiyaga uchib ketadi. Ertaga yoki indinga tibbiy ko'rikdan o'tadi va hammasi joyida bo'lsa "Ximki" jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. 23 yoshli forvard faoliyatini Rossiyada davom ettirishga juda yaqin.

Eslatib o'tamiz, "Ximki" joriy mavsum Rossiya chempionatida 5 o'yindan keyin 5 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog'onasida bormoqda.


Alisher Odilov joriy mavsum Superligada 12ta o'yin o'tkazdi va 3ta gol urib, 1ta assist berdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia