Ertangi Indoneziya - Filippin uchrashuvini o'zbekistonlik hakamlar boshqarishadi

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2024
Ertaga Osiyo qitasida JCH-2026 saralashi doirasidagi navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tadi.

JCH-2026 saralashining ikkinchi bosqichidan o'rin olgan Indoneziya – Filippin bellashuvida o'zbekistonlik hakamlar ish olib borishadi. Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar jamoasiga mazkur qiziqarli bahs ishonib topshirildi, unga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir vakilimiz Aziz Asimov zaxira hakami vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan. 


JCH-2026 saralashi, 2-bosqich | Osiyo mintaqasi, “F” guruhi

Indoneziya – Filippin

11.06.2024 |19:30

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Aziz Asimov



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia