Ertaga Xakim Fuzaylov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
21 noya 2013
Ertaga, 22 noyabr kuni soat 10:30da Lokomotiv bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Xakim Fuzaylov bilan matbuot anjumani o'tkaziladi.
Bu haqda Lokomotiv klubi rasmiy tvitteri xabar bermoqda.

Sport sohasida kalam tebrataetgan barcha jurnalistlarni ushbu matbuot anjumaniga lutfan taklif etamiz.

Xakim Fuzaylov 2013 yilgi mavsum yakunlari, kelasi mavsum oldidan rejalar hakida sizlarning savollaringizga javob beradi. Ushbu matbuot anjumanida klub sport direktori Ravshan Mukimov ham ishtirok etadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia