Ertaga O'zbekiston OTJ bosh murabbiyi bilan matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Tolibjon Qosimov
29 dek 2017
Ertaga 30 dekabr kuni soat 11:00da O'zbekiston futbol federatsiyasining matbuot anjumanlari zalida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirokida Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi.

Matbuot anjumanida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari ham ishtirok etishadi. Matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari taklif etiladi.

Eslatib o'tamiz, 4 yanvarda terma jamoamiz delegaciyasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoy mamlakatiga uchib ketadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chemionatida “A” guruhidan joy olgan bo'lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com