Ertaga Ektor Kuper bilan matbuot anjumani bo'ladi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida "China Cup" musobaqasida qatnashishi haqida ma'lumot berib o'tgandik.

Mazkur musobaqaga jo'nab ketish oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjuman  ertaga 14 mart kuni soat 15:00da O'FA anjumanlar zalida boshlanadi. Matbuot anjumanida "China Cup" xalqaro musobaqasida ishtirok etadigan O'zbekiston milliy terma jamoasining tarkibi e'lon qilinadi. Matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV xodimlari taklif etiladi.

Eslatib o'tamiz, "China Cup" musobaqasi 21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tailand terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo'ladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz