Ertaga O'zbekiston, Germaniya, Rossiya terma jamoasi va Sardor Rashidov o'ynaydi

Kuz fasli ham futbol ishqibozlariga ajoyib tuhfalarini tayyorlab qo'ygan.

Ertaga, 3 sentyabr kuni ham qizg'in o'tishi kutilayotgan bir qator uchrashuvlar o'tishi rejalashtirilgan. 

Payshanba kungi o'yinlar menyusi Pro liga 4-turi doirasidagi 2 uchrashuv bilan boshlanadi: 

16;45. "Turon" - "Istiqlol"
17:00. "Dinamo" - "Zomin"

Pro-Liga. Dastlabki 3ta tur statistikasi 

Birozdan keyin Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoamiz yigitlari o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

19:00. O'zbekston MTJ - Tojikiston MTJ

FOTO  O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotidan GALEREYA. Abramov shu erda 

Shu kuni Qatar Yulduzlar Ligasining yangi mavsumiga ham start beriladi. Hamyurtimiz Sardor Rashidov o'ynayotgan "Qatar SK" yangi mavsumdagi ilk o'yinini o'tkazadi. Toshkent vaqti bilan 22:30 dan boshlab yurtdoshimizga muxlislik qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

22:30. "Al Garafa" - "Qatar SK"

Rasman: Sardor Rashidov "Qatar SK" bilan shartnomasini uzaytirdi 

Yarim tunga yaqin UEFA Millar Ligasi yangi mavsumining dastlabki uchrashuvlarini tomosha qilishingiz mumkin. 3 sentyabr kuniga turnir doirasida 10 ta uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan.

23:45. Germaniya - Ispaniya

23:45. Ukraina - Shveytsariya

23:45. Rossiya - Serbiya

23:45. Turkiya - Vengriya

23:45. Bolgariya - Irlandiya

23:45. Finlyadiya - Uels

23:45. Moldaviya - Kosovo

23:45. Sloveniya - Gretsiya

21:00. Latviya - Andorra

23:45. Farrer orollari - Malta

Millatlar ligasi. Barcha guruhlar bilan tanishing 


Manba: championat.asia