Ertaga Farg'onada "Hokim" kubogi" musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2019
Xabaringiz bor, mana bir necha kunlardan beri Farg'onada futbol bo'yicha "Hokim kubogi" musobaqasi o'tkazilmoqda.

Ertaga 9 fevral, shanba kuni Farg'ona davlat universiteti stadioni (sobiq Spartak stadioni)da mazkur musobaqaning final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Musobaqa bosh sovrini uchun kechadigan ushbu uchrashuvda Farg'ona viloyatining ikki nomdor jamoalari - "Neftchi" va "Qo'qon 1912" maydonga tushadilar. Uchrashuv yakunlangandan so'ng musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv soat 10:00da Farg'ona davlat universiteti stadionida boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia