Ertaga Avstraliyaga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2019
21 yanvar kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Al-Ayn shahrida Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuvda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.

Ertaga 20 yanvar kuni o'yinoldi matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Dastlab, mahalliy vaqt bilan soat 11:30da Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold va terma jamoa futbolchisi jurnalistlar savollariga javob berib o'tadi. Keyin soat 12:15da O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Shu kuni kechqurun soat 18:00da "Xalifa bin Zayd" stadionining 3-mashg'ulot maydonida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazadi. Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz