Errera jarohati sababli 1 oyni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
17 noya 2020
"Atletiko"ning navbatdagi futbolchisi jarohat oldi.

Gap Ektor Errera haqida bormoqda. U chap oyog'i son mushaklaridan jarohat olgan. U taxminan bir oyni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

Ayni damda "Atletiko" lazaretida bir necha futbolchilar bor. Diego Kosta hamda Ferreyra Karrasko shular jumlasidan.

Luis Suares esa koronavirusga chalingani sababli jamoasiga yordam bera olmaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As