Eronlik muxlislar Mariya Komandnayadan ochiq kiyinmaslikni iltimos qilishmoqda

Xayrulla Xoliqov
30 noya 2017
Ma'lumki, ertaga 1 dekabr kuni Moskva shahrida JCH-2018ga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Eronlik ko'plab muxlislar ertangi tadbir boshlovchilaridan biri Mariya Komandnayaning kiyinish uslubidan xavotirdalar.

Bunga sabab agar Mariya Komandnaya tadbir paytida ochiq kiyinadigan bo'lsa, Eron televideniesi darhol qur'a jarayonini uzib qo'yishi mumkin. Shu bois Mariya o'zining Instagram sahifasiga qo'ygan oxirgi rasmidan keyin ko'plab eronlik muxlislar undan qur'a paytida ochiq kiyinmaslikni iltimos qilishdi.




Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.com