Eronlik muxlis umrbod stadionga kirishdan mahrum qilindi

Xayrulla Xoliqov
20 avg 2018
Eronlik ishqiboz Masjed Sulaymon o'yin paytida "Persepolis" muxlislariga pichoq bilan hujum qilgani bois qo'lga olindi.

U pichoq bilan hamla qilayotgan payt "Ozodi" stadionidagi kameralar kuzatuviga tushib qolgan. Uning o'ng qo'lida katta pichoq bo'lgan. Stadion xavfsizligi vakillari bezori muxlisni darrov qo'lga olib qamab qo'yishdi. Keyinchalik policiya Masjed Sulaymonni umrbod stadionga kiritmaslik haqida qaror chiqardi.

Bu kabi holat Eronda birinchi marta ro'y berayotgani yo'q. Masalan, o'tgan hafta "Istiqlol" Xuziston muxlislari Tehrondan tashrif buyurgan "Persepolis" ishqibozlariga tosh otishgandi. Natijada o'yinda bir necha bor to'xtalishlar ro'y berdi. Bundan tashqari, "Traktorsozi" - "Istiqlol" Tehron uchrashuvida muxlislar o'rindiqlarni sindirib tashlashdi.

Ayni paytda ko'plab murabbiy va futbolchilar muxlislarni tartibga keltirish maqsadida Eron futbol federatsiyasiga murojaat qilishgan.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com