Eronlik jurnalist: "O'zbekistonga qarshi bahslar oson kechmasligi aniq"

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023
JCH-2026 saralash bosqichiga qur'a tashlanganidan so'ng Eron sport jurnalistlari associaciyasi prezidenti Abdulhamid Axmadiy saytimizga qur'a natijalari haqida intervyu berdi.

- Qur'a natijalari haqida qanday fikrdasiz? Eron oson guruhdan joy oldi deb o'ylaysizmi?

- O'ylashimcha, jahon chempionatining dastlabki saralash bosqichida barcha guruhlarning o'ziga xos qiyinchiliklari bor. Shuning uchun Eronning raqiblarini oson raqiblar deb bo'lmaydi. Bu guruhdagi raqobatchi jamoalar bor kuch va g'ayrat bilan musobaqada qatnashadi va ayniqsa, Eronga qarshi bor kuch salohiyatini ishga solishadi.

- Sizningcha, O'zbekiston Eron terma jamoasiga muammo tug'dira oladimi?

- O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronning ushbu guruhdagi eng qiyin raqibi bo'ladi deb o'ylayman. Chunki O'zbekiston terma jamoasi Osiyo qitasining eng kuchli terma jamoalaridan biri va bu jamoa o'yinchilari yuqori texnika va jismoniy kuchga ega. Ammo bu guruhdagi jamoalar uchun O'zbekistonga qarshi o'yinlar oson kechmaydi.

- O'zbekiston guruhda Erondan o'zib ketish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Tabiiyki, buni oldindan aytish qiyin va bu o'yin kunidagi ko'p faktorlarga bog'liq bo'ladi. Albatta, Yevropa klublarida eronlik legionerlar borligi tufayli Eron milliy futbol terma jamoasining holati yaxshiroqdek ko'rinadi. Ammo, aytganimdek, futbol o'yinlari natijalarini bashorat qilish unchalik oson emas va biz o'yin kuni, jamoalarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi, futbolchilarning motivaciyasi, reja va taktikalarga bog'liq bo'ladi va ushbu faktorlar o'yin natijasini hal qiladi.

Abdulvosit Bektemirov yozib oldi

Eslatib o'tamiz, 27 iyul kuni 2026 yilgi JCH va 2027 yilgi OK musobaqalari 2-qo'shma saralash bosqichiga qur'a tashlangandi. Unda O'zbekiston "E" guruhida Eron, Turkmaniston va Gonkong/Butan bilan bahs olib borishi ma'lum bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia