Eron. Oston O'runov mavsumdagi birinchi golini O'tkir Yusupovga urgan uchrashuv yakunlandi

Mirjalol Normatov
30 avg 2024
Eron chempionatining 3-turi doirasidagi "Persepolis" - "Fulad" bahsi yakunlandi.

Unda mezbonlar 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvda Oston O'runov hisobni ochdi. U shu orqali mavsumdagi ilk golini urishdan tashqari, "Fulad" posboni O'tkir Yusupovning mavsumda ilk marta gol o'tkazib yuborishiga ham sababchi bo'ldi.

"Persepolis" - "Fulad" 2:0

Gollar: Oston O'runov (65), Vohid Amiri (82).

"Persepolis" - 1. Aleksis Genduz, 4. Milad Muhammadi, 5. Masud Rigi, 6. Hussayn Kanani, 9. Ali Alipur, 11. Farshad Ahmadzoda, 19. Vohid Amiri, 20. Ayub El Amlud, 30. Giorgi Gvelesiani, 70. Oston O'runov, 88. Sina Asadbeigi.

"Fulad" - 1. O'tkir Yusupov, 50. Vohid Haydarieh, 6. Ali Nemati, 5. Mussa Kulibali, 2. Mojtaba Najjarian, 14. Muhammad Abbasi, 17. Amirmasud Saradabani, 9. Ehson Pahlavon, 3. Sanan Ansari, 11. Muhammadrizo Sulaymoni, 7. Milad Muhammadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia