Eron termasi Toshkentga yetib keldi va mashg'ulot o'tkazdi

Mirjalol Normatov
6 okt 2020
8 oktyabr kuni O'zbekiston termasiga qarshi bahs olib boradigan Eron terma jamoasi Toshkentga yetib keldi.

Oldinroq, Dragan Skokich ushbu uchrashuv uchun tanlab olgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qilgandik. Unga ko'ra, tarkibdan 23 futbolchi o'rin olgan.

Darvozabonlar: Amir Abedzade ("Maritimu"), Payam Niazmand ("Sepaxon"), Rashid Mazaheri ("Istiqlol").

Himoyachilar: Majid Hossaeyni ("Trabzonspor"), Hosseyn Kanaanizadegan "Persepolis", Shoja Xalilzade ("Persepolis"), Aref Golami ("Istiqlol"), Sadeg Moharami ("Dinamo"), Milad Mohammadi ("Gent"), Mojtaba Najarian ("Fulad"), Siamak Nemati ("Persepolis"). 

Yarim himoyachilar: Haji Saif ("Traktor"), Ali Karimi ("Istiqlol"), Ahmad Nurullahi ("Persepolis"), Omid Nurafkan ("Sepaxon"), Ali Golizade ("Sharlurea"), Saman Goddos ("Brentford"), Mehdi Gaedi ("Istiqlol"), Vohid Amiri ("Persepolis"), Mehdi Torabi (jamoasiz). 

Hujumchilar: Serdar Azmun ("Zenit"), Mehdi Taremi ("Portu"), Kaveh Rezai ("Sharlerua"). 

Hususan, tartib va qoidalarga binoan, barcha futbolchilar koronavirus testini topshirdi.

Foto: Abdurahmon Fozilov


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia