Eron terma jamoasi yetakchilaridan biri safga qaytdi va O'zbekiston bilan o'ynay oladi

Sherzod Nurmatov
22 mar 2025, 14:16
O'zbekiston terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichi 8-turida Eronga safar uyushtiradi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, 7-tur doirasidagi Eron – BAA uchrashuvini o'tkazib yuborgan yarim himoyachi Said Izzatullohi jarohatdan tiklanib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan.

28 yoshli xavbek O'zbekiston bilan uchrashuvda tarkibda bo'ladi. 

Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston to'qnashuvi 25 mart kuni poytaxt Tehronda o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia

O'xshash yangiliklar