Eron Sport vazirligi namoyishlarni qo'llab-quvvatlagani uchun Azmunni JCH-2022 qaydnomasiga kiritmaslikni talab qilmoqda

Оқил Абдубарноев
14 noya 2022
Hujumchi Serdar Azmun Eron terma jamoasining JCH-2022 uchun terma jamoasiga kiritilmasligi mumkin.

Sport vazirligi bosh murabbiy Karlush Keyrushga hukumatga qarshi namoyishlarni qo'llab-quvvatlagani uchun "Bayer" futbolchisini yakuniy ro'yxatdan olib tashlashi uchun bosim o'tkazmoqda. Eron futbol federatsiyasi rahbari ham undan Azmunni Qatardagi turnirga taklif qilmaslikni so'ragan.

Jurnalist Nauel Lanzonning xabar berishicha, Keyrush JCH-2022 uchun tarkibni e'lon qilmoqchi bo'lgan matbuot anjumanini bekor qilgan. Uning xabar berishicha, Azmun ertaga Dohaga kelishi kutilmoqda.

"Zenit"ning sobiq hujumchisi joriy mavsumda Bundesligada 8 ta o'yinda maydonga tushdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: IranWire