Eron Pro ligasi. O'runov 77 daqiqa harakat qilgan o'yinda "Persepolis" yirik g'alabaga erishdi

Оқил Абдубарноев
18 apr 2024
Eron Pro ligasi 24-turidan o'rin olgan "Sanat Naft" - "Persepolis" uchrashuvi yakunlandi.

Bellashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi. G'oliblar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 77-daqiqada almashtrildi.

"Sanat Naft" - "Persepolis" 0:3

Gollar: Danial Ismoilifar - 8', Issa Al Kasir - 66', Husayn Kanaani - 71'

Mazkur g'alabadan so'ng "Persepolis" ochkolarini 52 taga etkazib, turnir jadvalida vaqtincha peshqadamga aylanib oldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia