Eron. Masharipov jamoasi o'z uyida ochko yo'qotdi

Aslanov Jasurbek
21 apr 2025, 22:47
Eron chempionatining 22-turida "Istiqlol" "Havadar" jamoasini qabul qildi.

Mezbonlar 4 daqiqadayoq Rizoyanning golidan so'ng hisobda oldinga chiqib olishdi, ammo "Havadar" birinchi bo'limda 2ta gol urib, taymni g'alaba bilan yakunladi. Uchrashuvning ikkinchi qismida "Havadar" futbolchisi avtogol muallifi bo'ldi va bahs shu hisobda yakunlandi.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o'yinni oxirigacha etkazib qo'ydi.


ERON CHEMPIONATI JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia