Eron. "Istiqlol" 100 daqiqalik o'yinda qiyin g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
23 fev 2022
Eron chempionatining 19-turi doirasida "Istiqlol" o'z maydonida chempionat autsayderlaridan biri "Fajr Sepasi" jamoasini qabul qildi.

Unda chempionat peshqadami "Istiqlol"ning kichik hisobdagi g'alabasi kuzatildi. Bahsning 54-daqiqasida raqiblarining qo'pol xatosidan Jafar Salmoni unumli foydalandi.

Bahsda hamyurtimiz Azizbek Amonov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 60-daqiqada zaxiraga olindi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia