Eron futzal terma jamoasi Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi

Оқил Абдубарноев
30 apr 2024
Futzal bo'yicha Osiyo kubogi sohibi Eron terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Forslar O'zbekistonda o'tkaziladigan mundialga hozirlik ko'rish maqsadida bir qator kuchli jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Jumladan, mamlakat futbol federatsiyasi Braziliya bilan muzokara olib bormoqda. Eron qolgan raqiblarini qur'a natijasiga qarab tanlamoqchi.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi jahon chempionati 14 sentyabr - 6 oktyabr kunlari O'zbekistonning uchta shahrida bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: taadolnewspaper