Eron futzal terma jamoasi a'zosining koronavirusdan vafot etgani rad qilindi

Avvalroq OAV eronlik sportchi Ilham Sheyxining koronavirus qurboniga aylangani haqida bong urgandi.

Bugun Eron ayollar terma jamoasining 23 yoshli vakilasi tirik va sog'-salomat ekani e'lon qilindi. Sheyxining so'zlariga ko'ra, xato ma'lumotlar tarqalishiga mamlakatda virus qurboniga aylangan ayollardan birining yoshi va ismi uniki bilan bir xilligi sabab bo'lgan. Sportchi bugungi kunda salomatligi joyida ekanini o'z fikrlariga ilova qilgan.

Ma'lumot uchun, ayni damda dunyo bo'yicha 85 403ta koronavirusdan zararlanish holatlari ro'yxatdan o'tkazilgan. 2995 nafar inson allaqachon virus qurboniga aylanib ulgurdi.

Arteta koronavirus haqida: "Bizning oilalarimiz xavotirda"


Manba: New York Times