

Lekin yaqinda ulardan bu bino tortib olindi. Savol tug'ilishi mumkin, bu qanday yuz berdi? Gap shundaki, Eron FF 2019 yilning may oyida belgiyalik murabbiy Mark Vilmots bilan shartnoma imzolab, ushbu mutaxassis oldiga terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqish vazifasini qo'ygandi.
Lekin uch yillik shartnomaga imzo chekkan Vilmots Eron MTJni atigi 6ta o'yinda boshqardi. Natijalar ijobiy ko'rninish olmagach, iste'foga chiqarildi. 2019 yilning noyabr oyida Eron futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mehdi Taj belgiyalik murabbiyning tovon pulini to'lab berish maqsadida Eron ijtimoiy xavfsizlik investiciya kompaniyasi (boshqacha nomi "Shasta")dan 2 million dollar qarz olishga majbur bo'ldi.
Qarz bergan tashkilot 2020 yilning dekabr oyida pulni qaytarishni so'ray boshladi. Lekin Eron FFda buncha pul yo'qligi sabab "Shasta" sekin-asta federatsiyaga bog'liq narsalarni o'zlashtirishga tushdi. Yaqinda tashkilot Eron futbol federatsiyasi binosini tortib oldi. Binodan shuningdek, mamlakat chempioni "Persepolis" klubi ham foydalanib kelayotgandi.
"Persepolis" ijrochi direktori Ebrahim Shakuri bo'lib o'tgan voqea xususida shunday dedi: "Asfsuski, biz federatsiyaning aybi bilan binosiz qoldik. Lekin bunga shunchaki qarab turmaymiz. "Persepolis" - katta klub va millionlab muxlislariga ega. Shunday katta jamoaning uysiz qolishi aqlga smig'maydi. Futbol federatsiyasining qarzi borligi, bu ularning muammosi. "Persepolis"ning bunga umuman aloqasi yo'q. Va boshqalarning o'zaro muammosi deb klub jabr chekmasligi kerak".



