Ermatov qizil kartochka ko'rsatgan o'yinda "Pachuka" yarim finalga chiqdi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2017
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalida Meksikaning "Pachuka" klubi Marokashning "Vidad Kasablanka" klubi bilan to'qnash keldi.

Ravshan Ermatov boshqarib borgan o'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Bahsning 69-daqiqasida Ermatov videotakror yordamidan foydalanib "Vidad Kasablanka" futbolchisi Nakachga qizil kartochka ko'rsatdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 112-daqiqada "Pachuka" a'zosi Viktor Guzman tomonidan urildi.

Endi Meksika klubi 12 dekabr kuni musobaqaning yarim finalida Braziliyaning "Gremio" klubi bilan o'ynaydigan bo'ldi.


"Pachuka" (Meksika) - "Vidad Kasablanka" (Marokash) 1:0
Gol:
Guzman 112, - 1:0.
"Pachuka" (Meksika): Oskar Peres, Keysuke Xonda, Guzman (Omar Gonsales, 118), Sagal (Xara, 58), Jonatan, Manni Garsiya, Agirre (E.Sanches, 79), Ernandes, Martines (Raul Lopes, 106), Murilo, R.Errera
"Vidad Kasablanka" (Marokash): Laarubi, Saidi, Atuchi, Nakach, Aoluad Yussuf (Xaddad, 62), Bencharki, El Karti, Xadrouf (Xajxouj, 90), El Xashimi, Nussir, Komara Cheik.
Ogohlantirishlar: Agirre 21, E.Sanches 97 - Komara Cheik 39, Nakach 45+2, Xajxouj 108, Nussir 116, El Xashimi 120.
Chetlatish: Nakach 69


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia