Eriksen yuragidan muvaffaqiyatli operaciya qilindi

Alisher
18 iyun 2021, 14:20
"Inter" va Daniya terma jamoasi xavbeki Kristian Eriksen implantaciya qilinadigan kardioverter-defibrilatorini o'rnatish uchun operaciya qilindi.

Operaciya kecha bo'lib o'tdi. Manbaning xabariga ko'ra, Eriksen bugunoq shifoxonadan chiqadi.

Eslatib o'tamiz, Daniya terma jamoasi o'yinchisi Finlyandiyaga qarshi Evro-2020 doirasidagi o'yinning birinchi taym so'nggida hushini yo'qotgan edi. Futbolchiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va u shifoxonaga olib ketildi.

Daniyaliklar "B" guruhidagi ikki turdan so'ng jadvalda oxirgi o'rinda turishibdi. Jamoa guruh bosqichini Rossiyaga qarshi o'yin bilan yakunlaydi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport