Eriksen: “Tottenxem”dan ko'ra “Inter”ning titul yutish imkoniyati yuqori”

Eldor Akmurzayev
5 fev 2020, 20:55
“Inter” yarim himoyachisi Kristian Eriksen “Tottenxem”dan tark etish sababi va nega Milan shahri jamoasini tanlagani haqida gapirdi.

“Inter” bilan sovrin yutib olish imkoniyatim juda yuqori. So'zsiz, “Tottenxem”dan ko'ra “Inter”ning titul qo'lga kiritish ehtimoli katta. Chempionlar Ligasi finali “Tottenxem” uchun dahshatli kun bo'lgandi. Biz o'ylashni xohlamagan narsani yo'qotdik. “Inter”ga esa g'alaba qozonish va barchasi yangidan boshlash uchun keldim. So'nggi bor ko'p yillar oldin “Ayaks” bilan nimadir yutgan edim. Bu tuyg'uni hozirgacha his etaman, shu sababdan “Inter” bilan sovrin qo'lga kiritishni xohlayman”, – deydi Eriksen.

Avvalroq, "Inter" yarim himoyasidagi "yangi devor" yoxud Eriksen - Konte uchun ideal variant" nomli maqolani e'tiboringizga xavola qilgandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports