Eriksen: "Totenxem" "Vest Xem" hamda "Arsenal"ga qarshi bahslarda g'alabaga umid qilyapti"

Aslanov Jasurbek
1 mar 2016, 15:18
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenning so'zlariga ko'ra, jamoa "Vest Xem" va "Arsenal"ga qarshi o'yinlarda ijobiy natijalarga erishish uchun bor kuchini ishga soladi.

"Oldinda ikkita juda og'ir o'yin kutib turibdi. Haftani yaxshi kayfiyatda yakunlashga umid qilyapmiz. O'tgan uchrashuvdagi g'alaba tufayli navbatdagi bahslarda o'z kuchimizga ishongan holda harakat qilamiz. Bu muxlislar uchun qanchalik muhim ekanligini yaxshi bilamiz. Biz "Suonsi"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'layotgan edik, g'alabaga chanqoqlik evaziga muvaffaqiyatga erishdik. "Lester"ni qo'yib yuborish niyatimiz yo'q" - deydi Eriksen.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tottenham