Erik Toxir: Yevropa ligasida "Volfsburg" bilan juda qiyin to'qnashuv bizni kutib turibdi

Inter prezidenti Erik Toxir Yevropa ligasi 1/8 final bosqichidagi raqibi Volfsburg bilan bo'ladigan bo'lajak o'yin haqida gapirib o'tdi.
Fevral oyi biz uchun omadli bo'ldi. Endi esa "Volfsburg" bilan bo'ladigan jiddiy bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz zarur. Jamoa o'yindan-o'yinga kuchayib bormoqda. Shu tempda davom etishimiz kerak. Yaqin kunlarda Ikardi bilan shartnoma uzaytirish borasida kelishuvga erishamiz. Ishonamanki, Ikardi kelajakda jahon darajasidagi hujumchi bo'lib etishadi.

Manba: sports.ru