Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ga qanday futbolchilar kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2024
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaga emblema uchun kurashadigan futbolchilar kerakligini aytdi.

Ayni damda mankunianliklar APL turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.

"Agarda sen yaxshi ishtirok etishni istasang, senga g'alabalarga o'ch futbolchilar kerak. Bizga emblema va klub uchun kurashadigan shaxsiyatlar kerak.

Gap tartib-intizom yoki odob-ahloq haqida ketmayapti. Bizga professionalning top-darajasi ketmoqda", - dedi ten Xag.

Bu gapi orqali ten Xag "Borussiya" D jamoasiga o'tgan Jeydon Sanchoni nazarda tutgan bo'lishi mumkin. Sancho avgust oyida bosh murabbiy bilan munozaraga borgani uchun jamoadan chetlatilgandi. Bugun mankunianliklar APL 21-turida "Tottenxem"ga qarshi kurash olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal