Erik Maksim Shupo-Moting: Real mag'lub bo'lmaydigan jamoa emas

Shalke hujumchisi Erik Maksim Shupo-Moting Chempionlar ligasi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Dastlabki o'yin oldidan yaxshi formadami "Shalke"?
- Ha, deyarli yaxshi sport formadamiz. Mashg'ulotlarda juda ko'p ter to'kdik. "Real" mag'lub bo'lmaydigan jamoa emas. Futbolda har narsa bo'lishi mumkin.

- Eng muhimi, javob uchrashuvi oldidan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlaringizni saqlab qolishdan iboratmi?
- Bu to'g'ri. O'z maydonimizdagi bellashuvda mag'lub bo'lish yoki durang natijasini qayd etishni istamasdik.

- Ronaldoni qanday to'xtatib qolish mumkin?
- Biz "Real"ning barcha futbolchilariga e'tibor qaratishimiz lozim.

- "Real" hozirda "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyat alamida yuribdi. Bu narsa sizlar uchun yaxshi holatmi?

- Men raqib futbolchilarining hayolida nima borligini bilmayman. Menimcha, ular "Atletiko"ga qarshi o'yindagi yirik mag'lubiyat shunchaki tasodif bo'lganini isbotlashga urinib ko'rishadi.

Manba: sports.ru