Erik Bayi qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

Alisher
27 iyul 2019, 14:41
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi jarohati tufayli 6-8 hafta maydonga tusha olmaydi.

Bayi Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasidagi "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yinda jarohat olgan edi.

Ivuarlik futbolchining tiklanish jarayoni tibbiy tekshiruvdan o'tgandan so'ng ma'lum bo'ldi va uning tiklanishi uchun 6-8 hafta kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Bayi MYU safiga 2016 yilda "Vilyarreal" klubi tarkibidan kelib qo'shilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN