Eredivizi. PSV – "Ayaks" o'rtasidagi to'qnashuvda g'olib aniqlanmadi

Eldor Akmurzayev
22 sen 2019
Gollandiya chempionati 7-turining markaziy bahsida azaliy raqiblar PSV hamda Ayaks o'rtasidagi to'qnashuvda durang natija (1:1) qayd etildi.

Hozirda ikkala jamoa hisobida ham 14tadan ochko mavjud bo'lib, ular musobaqa jadvalida peshqadamlik qilishmoqda. Shuningdek, Leonid Sluckiy boshqaruvidagi Vitess klubida ham 14 ochko bor.

PSV – Ayaks 1:1 (0:0, 1:1)

Filips Stadion

Gollar: 0:1 – 63 Promes, 1:1 – 77 Malen. 

PSV – Zut, Baumgartl, Virgever, Dumfris, Sadilek (Boskali, 76), Ixattaren, Rosario, Bergveyn, Xendriks (Gakpo, 76), Bruma, Malen.

Ayaks – Onana, Alvares, Blind, Veltman, Martines, Neres (van de Bek, 69), Promes, Talyafiko, Tadich, Dest, Ziesh.

Ogohlantirishlar: Blind (14), Sadilek (35), Alvares (55).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia