"Enfild"da vaziyat keskinlashdi: Saloh norozi, takliflar esa ko'paymoqda

Sherzod Nurmatov
5 dek 2025
Muhammad Saloh murabbiy Arne Slot uni jamoaning APLdagi so'nggi ikkita o'yinida zaxira o'rindig'ida qoldirganidan so'ng "Liverpul"dagi holatidan norozi.

"Caught Offside"ning xabar berishicha, misrlik futbolchining yanvar oyida "Enfild"ni tark etish ehtimoli ortib bormoqda: Saudiya Arabistoni va MLS klublari uni taqib qilishlari mumkin.

Saloh yozda Saudiya Arabistoni klublarining takliflarini rad etib, yangi shartnoma imzoladi, ammo futbolda vaziyat tez o'zgaradi va 33 yoshli futbolchi hozirgi vaziyatga uzoq vaqt chidamasligi aniq.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside