Endryu Robertson: "Manchester Siti"ni oxirgi turgacha kurashishga majbur qildik"

Tolibjon Qosimov
14 may 2019
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson APL chempionlik poygasi yakuniga etgach fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz g'azabdamiz. Lekin, ajoyib o'yinlar o'tkazganimizdan faxrlansak arziydi. "Manchester Siti" - jahon darajasidagi ajoyib jamoa. Ularni kuzatish yoqimli. Raqobat qilishni davom ettiramiz. Ular o'tgan mavsum katta farq bilan g'olib bo'lishgandi, bu safar esa oxirgi turgacha kurashishga majbur bo'lishdi", - dedi Robertson.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports