Endi "Bordo"ni jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy boshqaradi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2018
"Bordo" bugun jamoa bosh murabbiyi Joslen Gurvenneka iste'foga chiqqanini e'lon qildi.

Ushbu vazifani jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Erik Budue vaqtincha bajarib turadi.

Guvrennek 2016 yilda "Bordo"ga kelgan edi, o'tgan mavsumda klub Fransiya chempionatida 6-o'rinni egalladi.

Joriy mavsum klub 21 turdan so'ng liga jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. So'nggi olti bahsda "Bordo" 5ta mag'lubiyatni qabul qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia