Enco Mareska tarkibda 43 futbolchi borligi haqida: "Bizga yana futbolchilar kerak"

Mirjalol Normatov
17 avg 2024
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska tarkibdagi futbolchilar soni juda ko'p ekanligi haqida gapirdi.

"Ayni damda klubdagilar mening fikrimga ko'ra jamoaga kimlar kerakligini yaxshi bilishadi. Transferlar oynasi yakuniga qadar bir qancha futbolchilar bilan shartnoma imzolashimiz kerak.

AQSHda 28 yoki 29 futbolchi bilan 20 kunni o'tkazdik. Demak, jamoani boshqarish nuqtayi nazaridan ishlar yomon emas. Ayni damda jamoaga ta’sir ko'rsata olmaydigan futbolchilar bor. Ular alohida shug'ullanishmoqda. Lekin tarkibda 43 futbolchi borligi haqida o'ylashning o'zi ham yaxshi holat emas.

Bugungi mashg'ulotlar yakunlanishi bilan ertangisi haqida o'ylashni boshlayman. Bu menga yoqadigan jihatlardan biri. 43 futbolchi esa murabbiyda umuman bo'sh vaqt bo'lmasligini bildiradi", - dedi Mareska.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN