Enco Mareska: "Manchester Siti" sovrin uchun kurashga qaytadi"

Mirjalol Normatov
24 dek 2024
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareskaning fikricha, "Manchester Siti" yana chempionlik uchun kurashga qaytadi.

"Mavsum yakunida ular yana jadvalning eng yuqorisida bo'lishlari ham mumkin. "Manchester Siti" oldin umuman tushmagan holatda bo'lib turibdi. Har bir uchrashuvda jarohatlar. Futbolchilar etishmayotgani uchun o'yinga 100 foiz tayyor bo'la olishmayapti.

Holat juda yomon. Menimcha, shunday holatga tushadigan barchada bunaqasi bo'lishi tabiiy", - dedi Pep Gvardiola bilan bir vaqtlar ishlagan Enco Mareska.

Ayni damda "Manchester Siti" peshqadam "Liverpul"dan 12 ochko ortda bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN