Emilio Butrageno: "Real"ga yaxshi guruh tushdi"

Tolibjon Qosimov
30 avg 2013
"Real" direktori Emilio Butrageno YCHL guruh bosqichiga tashlangan qur'a haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qirollik klubi"ga "Yuventus", "Galatasaroy" va "Kopengagen" klublari raqiblik qiladi.

– Chempionlar ligasi bu ajoyib musobaqa, – deydi Butrageno Football Espana. – Bizning guruh bir tekis. Evrokuboklarda hech qachon oson o'yin bo'lmaydi, ayniqsa "Yuventus"ga qarshi o'yinlarda. "Real" bu klubga qarshi bir necha marta o'ynagan, Konte kelgach Turin klubining o'yini kuchaydi.

"Real" ilk o'yinni 17 sentyabr kuni "Galatasaroy"ga qarshi "Santyago Bernabeu"da o'tkazadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru