

Unga ko'ra, “Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martines JCH-2022 finalida kiygan qo'lqoplarini aukcionga qo'ydi hamda ular 42 ming evroga sotildi. Tushgan mablag' Argentinadagi onkologik kasalliklar bilan og'rigan bolalarni davolovchi klinikaga o'tkazib berildi.
“Jahon chempionati finalida har kuni ham o'ynayvermaysiz, bu qo'lqoplar meni uchun alohida ahamiyatga ega. Ammo ularni ramkaga solib, osib qo'ygandan ko'ra, bolalarga yordam berganim yaxshiroq”, degan Martines.



