Emiliano Martines A Seriya jamoasiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
25 iyul 2023, 20:49
"Inter" "Aston Villa" posboni Emiliano Martinesni sotib olmoqchi.

"TyC Sports" xabariga ko'ra, Italiya klubi argentinalik posbonni 15 mln evro evaziga sotib olmoqchi bo'lgan, biroq ilk taklifga rad javobini olgan. Endi "Inter" taklifni oshirish niyatida.

Ayni damda Emiliano "Aston Villa" bilan mavsumoldi yig'inlarida qatnashmoqda. Unga boshqa klublardan takliflar yo'q. O'tgan mavsumda kiper barcha turnirlarda 37 o'yinda qatnashib, 39 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TyC Sports